Sovutgichli ombor qurilishidan oldin aniqlanishi kerak bo‘lgan ba’zi parametrlar mavjud. Sovutish tizimlari va uskunalari yillar davomida yuqori samaradorlikda ishlashi, energiya sarfini orttirmasligi uchun bu parametrlar to‘g‘ri belgilanishi zarur.

Har bir ombor xonasida faqat bitta turdagi mahsulot saqlanishi kerak. Agar mahsulot yopiq qadoqlangan bo‘lsa va saqlash sharoitlari mos tushsa, bir nechta mahsulotlar birgalikda saqlanishi mumkin.
Ombor dizayni mahsulot turiga qarab hisob-kitob qilinadi. Noto‘g‘ri harorat mahsulotning saqlanish muddatini qisqartiradi.
Mahsulot omborga qanday haroratda kelayotgani sovutish quvvatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot hajmiga qarab xodimlar soni, forkliftlar, yuk mashinalari to‘xtash joylari kabi ehtiyojlar belgilanadi.

Mahsulotlar karton qutilarda, qoplarda, poddonlarda, yashiklarda yoki uyum holida saqlanishi mumkin.
Omborning o‘lchamlari mahsulot turi, saqlash muddati, hajmi va qadoqlash shakliga qarab aniqlanadi.
Uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlar ko‘proq joy talab qiladi va bu ombor xonasi hisob-kitoblariga ta’sir qiladi.
Shaxsiy yoki umumiy foydalaniladigan ombor bo‘lishi mumkin. Bu izolyatsiya, eshik, pol konstruksiyasiga ta’sir qiladi.
Saqlash tizimi uskunaning tanlanishi va ombor rejasi uchun muhimdir.
Omborning barcha parametrlariga qarab sovutish mashinalari, kondensator, evaporator va avtomatika tizimlari tanlanadi.